
- 0
- 23.10.2025 13:25:00
- 1 min read
Sirdaryo viloyatida farzandlariga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan erkak uch yil davomida yashirinib yurgani ma’lum bo‘ldi. Sud qaroriga ko‘ra, u sobiq turmush o‘rtog‘iga 63 million so‘m miqdorida aliment to‘lashi kerak bo‘lgan, biroq bu majburiyatni uzoq vaqt davomida bajarmagan.
Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, erkak izini yo‘qotish maqsadida turli viloyatlarda yashirinib yurgan. Nihoyat, u Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida joylashgan chorvachilik fermalaridan birida, molxonada ishlayotgan paytda topilgan.
Sud qaroriga muvofiq, erkak aliment qarzdorligini to‘lamagani va majburiyatdan qasddan bo‘yin tovlagani uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolandi. Shuningdek, uning aliment qarzi undirilishi bo‘yicha ijro jarayoni davom ettirilmoqda.
Rasmiylar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini, ularning daromad manbalari aniqlanib, majburiy undirish ishlari amalga oshirilishini ta’kidlashdi.