
- 3
- 22.11.2024 15:26:00
- 1 min read
Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumanida ota unashtirilgan yigitiga tegishni xohlamagan qizini o‘ldirib qo‘ydi. Voqea joriy yil iyun oyida sodir bo‘lgan. Odamlarning gap so‘ziga chidolmasligini o‘ylagan ota unashtiruvini buzgan qizini ro‘mol bilan bo‘g‘gan, qiz o‘lmaganini bilgach qo‘li bilab bo‘g‘ishda davom etgan. Keyin qo‘shnisiga mashinada bir joyga borib kelishni iltimos qilib soyga o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan, biroq qo‘shnisi uni bu ishdan qaytarb qolgan. Shundan so‘ng qotil ota o‘z aybiga iqror bo‘lib IIBga borgan. Sud qizini o‘ldirgan otaga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.