Yil otasi: O‘g‘li bilan futbol o‘yiniga tushgan ota uning oxirgi tovug‘ini yeb qo‘ydi

Yil otasi: O‘g‘li bilan futbol o‘yiniga tushgan ota uning oxirgi tovug‘ini yeb qo‘ydi
  • 0
  • 05.02.2026 10:00:00
  • 1 min read

“Vulverhempton”ning “Nyukasl Yunayted”ga qarshi uchrashuvida maydondagi voqealardan ko‘ra, tribunada yuz bergan qiziqarli holat ko‘proq e’tibor qozondi.O‘yinni stadiondan tomosha qilayotgan “bo‘rilar”ning kichik muxlisi, otasi uning oxirgi tovuq naggetini yeb qo‘ygach, yig‘lab yubordi. Bu lahza tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, memga aylandi.
Klub yosh muxlisning holatini e’tiborsiz qoldirmadi. Shanba kuni bolakay va uning otasi yana stadioniga taklif qilindi. Bu safar bolakayni yoqimli syurpriz kutardi: klubning jonli ramzi bo‘lgan bo‘ri unga bir quti tovuq naggetlari va “Vulverhempton” futbolkasini sovg‘a qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News