
- 0
- 16.04.2026 11:12:00
- 1 min read
Ko‘ksaroy qarorgohida 15-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida milliy estrada san’ati namoyandasi, Farrux Zokirov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari san’atkorni qutlab, uning milliy estrada rivojiga qo‘shgan katta hissasini alohida e’tirof etdi. Tadbirda Yalla ansamblining 55 yillik ijodiy faoliyati, uning yuzlab qo‘shiqlari milliy madaniyatimiz “oltin fondi”ga aylangani qayd etildi. Shuningdek, prezident farmoniga muvofiq, Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi berilishi ma’lum qilindi. Marosim yakunida Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.