
- 4
- 01.12.2025 09:32:00
- 1 min read
Turkiyadagi mashhur reper Lvbel C5'ning konsertida kutilmagan hodisa yuz berdi. Sahnaga sakrashga uringan muxlis yonib ketishiga bir bahya qoldi. U pirotexnika qurilmasi ustiga sakragani sababli orqasi birdaniga yonib ketdi. Vaziyatni ko‘rgan qo‘riqchilar darhol sahnaga yugurib, alangani o‘chirib, yigitni xavfsiz joyga olib chiqdi. Yigitga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi va uning ahvoli og‘ir emasligi ma’lum qilindi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.