"Falafel"

  • 8
  • 15.02.2023 15:59:00
  • 2 min read

Biz sizlar uchun “Falafel” tayyorladik va gazak uchun tahindan mazali sous retseptini sizlarga ilindik🥰 

🧄 Kerakli masalliqlar:

1,5 stakan no‘xat 
1 ta piyoz 
3 dona sarimsoq bo‘lagi 
1 bog‘ ko‘kat 
1 dona bulg‘or qalampir 
2 choy qoshiq tuz 
2 choy qoshiq zira 
½ choy qoshiq qalampir 
2 osh qoshiq un 
5 osh qoshiq zaytun yog‘i (pishirish uchun) 

🍋Tahin sousi uchun 
1 choy qoshiq tahin 
½ choy qoshiq issiq suv 
3 osh qoshiq limon suvi
1 choy qoshiq tuz 
1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir 

👨🏻‍🍳 Tayyorlanishi: 

- Masalliqlarni yaxshilab yuvib to‘g‘rab olamiz.
- So‘ngra ivitilgan no‘xat, piyoz, ko‘kat va bulg‘or qalampirini chopper yordamida maydalab olamiz.. 
-Aralashmani idishga olib, oz-ozdan un qo‘shib yaxshilab aralashtirib yong‘oq shaklga keltirib olamiz va muzlatgichda kamida 20 daqiqaga qo‘yamiz.
- Duxovkani 180 gradus darajada isitishga yoqib qo‘yamiz. Duxovkani bir listiga pergament qog‘ozni to‘shab, cho‘tka bilan yog‘lang. 
- Tayyorlangan yong‘oq kattaligidagi bo‘laklarni olib, listga terib zaytun yog‘ini suring. 
- Falafellarni oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying. Dastlabki 15 daqiqadan keyin, falafellarni ag‘daramiz va qizarguncha yana 10 daqiqaga qoldiramiz.

🌶 Tahin sousi 
- Asta-sekin issiq suv qo'shib tahinni ezib oling. 
- Kerakli ko‘rinish hosil bo‘lgach, limon suvi,  tuz qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Mayadalangan qizil qalampir seping va dasturxonga tortishingiz mumkin. 
🍽 Dasturxonga marhamat 
Pechdan chiqqan falafellarni issiq, iliq yoki sovuq xolda tanavvul qilishingiz mumkin.
 
Yoqimli ishtaha 🤤 

Eng yaxshi retseptlar Lazzat Dunyosi sahifasida 🤤 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News