
- 0
- 09.01.2026 15:10:00
- 1 min read
Gonduras poytaxti Tegusigalpada Milliy kongress oldida intervyu berayotgan muxolifat deputatiga portlovchi modda uloqtirildi. Hodisa 8-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Bosh, bo‘yin va yelka qismidan og‘ir jarohatlangan deputat zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvoli hozircha barqaror ekanini ma’lum qilgan. Voqea jurnalistlar kameralariga tushib qolgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlangan.