Dubaydagi portlashlar, Munisa Rizayeva voqea markazida

Dubaydagi portlashlar, Munisa Rizayeva voqea markazida
  • 0
  • 02.03.2026 07:59:00
  • 1 min read

28-fevral kuni Eronning mintaqadagi harbiy  obyektlarga yo‘llagan zarbalari fonida Dubay osmonida bir necha raketa urib tushirilgani xabar qilindi. Guvohlar ma’lumotiga ko‘ra, raketa qoldiqlari shaharning ayrim hududlariga tushgan.
Xususan, Palm-Jumayra mehmonxonasi hududida yong‘in yuzaga kelgani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda alangani ko‘rish mumkin. Dubay aeroporti parvozlarni to‘xtatdi. Quvayt xalqaro aeroporti Eron dronlari hujumiga uchragani, oqibatda bir necha xodim jarohat olgan.

Ayni paytda Dubayda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik xonanda Munisa Rizayeva ham voqealar markazida qolgan. Videoda u avtoturargohga yashiringani va obunachilaridan duo qilishni so‘ragani aks etgan.

Vaziyat tarangligicha qolmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News