Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlash yuz berdi, 140 kishi evakuatsiya qilindi

Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlash yuz berdi, 140 kishi evakuatsiya qilindi
  • 1
  • 10.06.2026 13:03:00
  • 1 min read

Rossiyaning Dog‘iston Respublikasida Qizilyurt shahri yaqinidan o‘tuvchi magistral gaz quvurida ketma-ket uchta portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida kuchli yong‘in chiqib, alangalanish balandligi 15 metrgacha yetgan. Xavfsizlik chorasi sifatida yaqin hududlardagi aholidan qariyb 140 nafari evakuatsiya qilindi va ular qarindoshlari uylariga joylashtirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Mozdok–Qazimagomed gaz quvurining 661–718-kilometr oralig‘ida yuz bergan. Hodisani bartaraf etish uchun qutqaruvchilar va maxsus texnikalar jalb etilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, voqea oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News