Damashqda Fransiya prezidenti joylashgan mehmonxona yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Damashqda Fransiya prezidenti joylashgan mehmonxona yaqinida portlash sodir bo‘ldi
  • 1
  • 07.07.2026 17:51:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Damashqdagi Four Seasons mehmonxonasi yaqinida yuz bergan portlash aks etgan videolar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, ayni vaqtda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ushbu mehmonxonada bo‘lgan.

Suriya rasmiylari ma’lum qilishicha, portlashlar oqibatida 18 kishi, jumladan, 4 nafar politsiya xodimi jarohatlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmalardan biri chiqindi qutisiga, ikkinchisi esa mehmonxona yaqinida turgan avtomobilga o‘rnatilgan bo‘lgan.

Makron Suriyaga mamlakatning yangi rahbari Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashish, xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik va Suriyani qayta tiklash hamda investitsiya masalalarini muhokama qilish uchun rasmiy tashrif bilan borgan. Bu 2024-yilda Bashar Asad hokimiyati ag‘darilganidan buyon Yevropa Ittifoqi davlat rahbarining Suriyaga ilk tashrifi hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News