
- 0
- 05.12.2025 09:13:00
- 1 min read
Gulistonda Bek Family Cafe oshxonasida yuz bergan portlash bo‘yicha 3 kishi qamoqqa olindi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2-dekabr kuni 50 litrli gaz balloni noto‘g‘ri ulanishi sabab sizib chiqqan gaz havo bilan aralashib chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida 29 kishi kuyish jarohati olgan, 3 nafari vafot etgan. 5 bemor uyiga javob berilgan, qolganlarga davolanish davom etmoqda.
Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, kompaniya mansabdorlaridan 3 nafari qamoqqa olingan. Ish bo‘yicha tergov guruhi tuzilgan.
3-dekabrda hukumat komissiyasi shakllantirildi. 4-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev jabrlanganlar holidan xabar oldi va qurbonlar oilalariga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratilishini ma’lum qildi.