
- 0
- 26.12.2025 16:16:00
- 1 min read
26-dekabr kuni Suriyaning Homs shahridagi Imom Ali bin Abi Tolib masjidida juma namozidan so‘ng portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Hozirda xavfsizlik kuchlari hududni nazoratga olib, surishtiruv olib bormoqda. Hujum aynan alaviylar masjidiga qaratilgani ma’lum bo‘lib, mamlakatda mazhablararo keskinlikni kuchaytirishi mumkinligi aytilmoqda. Hozircha hech bir guruh hujumni o‘z zimmasiga olgani yo‘q, biroq ISHID guruhi faolligi ortgan. So‘nggi vaqtlarda Suriyada AQSH va hukumat kuchlari ISHIDga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda, shu jumladan, Abu Omar Shaddod laqabli yetakchi yo‘q qilingan. Hozirgi hujum mamlakatdagi xavfsizlikning hali barqaror emasligini ko‘rsatmoqda.