O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi halok bo‘ldi

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 17.04.2026 17:50:00
  • 1 min read

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida xonadonda yuz bergan portlashda bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘ldi.
Hodisa 16-aprel kuni tunda “O‘rta Ovul” MFYda sodir bo‘lgan. 1996-yilda tug‘ilgan erkak va uning uch nafar farzandi voqea joyida vafot etgan. Erkakning turmush o‘rtog‘i va onasi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Guvohlarning aytishicha, erkak portlashdan keyin sodir bo‘lgan yong‘inda yaqinlarini qutqarishga uringan, ammo bolalarini olib chiqishga harakat qilayotganda halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News