Shveysariyada tog‘-chang‘i kurortida portlash: kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Shveysariyada tog‘-chang‘i kurortida portlash: kamida 10 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 01.01.2026 14:25:00
  • 1 min read

Shveysariyaning mashhur Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortida Yangi yil kechasi portlash yuz berdi. Hodisa 1-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 01:30 da Le Constellation nomli bar ichida sodir bo‘lib, kamida 10 kishi halok bo‘lgan va yana ko‘plab odamlar jarohatlangan. Portlashdan so‘ng binoda yong‘in chiqqan. Mahalliy politsiya portlash sababi hozircha noma’lum ekanini bildirib, jinoyat terrorchilik bilan bog‘liq emas deb e’lon qildi. Hodisa joyi to‘liq yopilgan va tergov davom etmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News