
- 4
- 06.12.2025 13:33:00
- 1 min read
6-dekabr kuni Kogon tumanidagi “SHAMS LTD” MCHJga tegishli portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida kuchli chaqnash yuz berdi. Oqibatda yong‘in kelib chiqdi, qutqaruvchilar olovni 10:27 da butunlay bartaraf etdi. Hodisa paytida sex omborida 30 nafar ishchi bo‘lgan. Ulardan 4 nafari halok bo‘ldi, 4 nafari tan jarohati olib shifoxonaga yetkazildi. Jarohatlanganlarning 2 nafari birinchi tibbiy yordamdan so‘ng uyiga javob berilgan. Voqea yuzasidan Prezident topshirig‘i bilan Hukumat komissiyasi tuzildi. Ular sabablami o‘rganish, ortiqcha xavfning oldini olish hamda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda.