
- 3
- 13.01.2026 14:27:00
- 1 min read
13-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda davlat rahbari mamlakat xavfsizligini ta’minlash, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va zamonaviy urush sharoitlariga moslashish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi. Yig‘ilishda sun’iy intellekt, raqamli boshqaruv, kiber va robot texnologiyalari asosida qo‘shinlarni rivojlantirish, mudofaa sanoatini modernizatsiya qilish, kiberxavfsizlik va milliy raqamli infratuzilmani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Prezident har bir soha va tarmoqning xavf-xatarlarga oldindan javob qaytarish bo‘yicha “proaktiv ish rejimi”ga o‘tishi zarurligini ta’kidladi. “Bir narsani tushunib olish zarur. Zamonaviy urush tabiati tubdan oʻzgardi. Endi qaysi davlat faqat tank, samolyot yoki askarlar soniga tayanib gʻalaba qozonaman desa, qattiq adashadi. Hozirgi janglar sunʼiy intellekt, raqamli boshqaruv, uzoq masofaga yuqori aniqlikda zarba beruvchi vositalar, kiber va robot texnologiyalar, siyosiy-iqtisodiy bosim asosida olib borilmoqda”... Oʻzbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turishi, buning uchun tezkor, yuqori texnologiyali, yangi jang sharoitlariga mos boʻlishi kerak, – dedi prezident.