Ohangaronda koloniyadan qochgan mahbus 3-sinf qizni zo‘rladi

Ohangaronda koloniyadan qochgan mahbus 3-sinf qizni zo‘rladi
  • 5
  • 21.10.2025 12:27:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida mahbus manzil-koloniyadan qochib maktabdan qaytayotgan 3-sinf qizchani zo‘rlagani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 31 yoshli erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, erkak 2018-yilda 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgani uchun 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq 2024-yilda jazoni manzil-koloniyada o‘tashga o‘tkazilgan. Joriy yil 16-oktabr kuni esa u ish jarayonida qochib ketgan va oradan ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Avvalroq Namanganda 7 yoshli qizchaning o‘z qarindoshi tomonidan zo‘rlanishi ortidan O‘zbekistonda pedofillarga umrbod qamoq jazosi qo‘llash taklif qilingandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News