Erdo‘g‘an Cho‘lpon she’ridan parcha o‘qidi

Erdo‘g‘an Cho‘lpon she’ridan parcha o‘qidi
  • 0
  • 17.12.2025 16:19:00
  • 1 min read

15-dekabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an “Adolat va taraqqiyot” partiyasi Kongress markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdi. U nutqi davomida Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni munosabati bilan turk dunyosini tabriklab, o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Go‘zal Turkiston” she’ridan parcha o‘qib berdi va Cho‘lpon 1930-yillardagi zulm davrida millat dardini she’rlari orqali ifodalagani, buning uchun hayoti bilan badal to‘laganini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News