
- 0
- 14.05.2026 18:03:00
- 1 min read
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 13-may kuni Turkiya–Qozog‘iston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi hamda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga yetib bordi.
Ostonadagi aeroportda Erdo‘g‘onni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkiyaning Qozog‘istondagi elchisi Mustafo Kapuju va boshqa rasmiylar qarshi oldi.
Shuningdek, qozog‘istonlik bolalar Turkiya prezidentini milliy “Dombra” kuyini ijro etib, “Ota yurtingizga xush kelibsiz” deya kutib oldi.