Tadbirkorlar jarimaning yarmini 1 oyda to‘lasa, qolgan qismidan ozod etiladi

Tadbirkorlar jarimaning yarmini 1 oyda to‘lasa, qolgan qismidan ozod etiladi
  • 2
  • 16.04.2026 13:27:00
  • 1 min read

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlar jarima qo‘yilganidan keyin 1 oy ichida uning 50 foizini to‘lasa, qolgan qismi bekor qilinadi. Shuningdek, jarimani 6 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi. Bunda birinchi oyda 1/6 qismi to‘lansa, bo‘lib to‘lash avtomatik tarzda amal qiladi. Agar sud jarimani bekor qilsa yoki noqonuniy deb topsa, avval to‘langan mablag‘lar 15 kun ichida qaytariladi. Kechiktirilsa, har bir kun uchun Markaziy bank stavkasining 300 dan bir qismi miqdorida foiz hisoblanadi.

2027-yildan boshlab jarimalar uchun elektron reyestr tizimi ishga tushiriladi. Unga kiritilmagan jarimalar haqiqiy emas deb topiladi. Shuningdek, tadbirkorlarga sudga onlayn shikoyat berish imkoniyati yaratiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News