Xitoyda hojatxonada soatlab qolgan muhandis ishdan bo‘shatildi

Xitoyda hojatxonada soatlab qolgan muhandis ishdan bo‘shatildi
  • 0
  • 16.12.2025 07:48:00
  • 1 min read

Xitoyda bir kompaniya muhandisini ish vaqtida hojatxonada haddan tashqari uzoq qolib ketgani uchun ishdan bo‘shatdi. Ma’lum bo‘lishicha, xodim bir oy ichida 14 marta hojatxonaga chiqib, ayrim hollarda u yerda 1 soatdan ortiq, eng uzog‘i esa 4 soatgacha vaqt o‘tkazgan. Muhandis buni sog‘lig‘i — gemorroy kasalligi bilan izohlagan. Biroq sud bu dalillarni yetarli deb topmadi. Qarorda hojatxonada o‘tkazilgan vaqt oddiy ehtiyojdan ancha oshib ketgani, shuningdek, xodim rasmiy kasallik ta’tili olmagani qayd etildi.
Kompaniya kuzatuv kameralaridagi yozuvlar bilan holatni tasdiqlagan va kasaba uyushmasi roziligi bilan xodimni ishdan bo‘shatgan. Sud jarayonlaridan so‘ng esa kompaniya sobiq xodimga 30 ming yuan miqdorida tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News