O‘zbekistonda havo sifati yomonlashsa, xodimlar masofadan ishlashi mumkin

O‘zbekistonda havo sifati yomonlashsa, xodimlar masofadan ishlashi mumkin
  • 1
  • 01.04.2026 09:28:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda havo sifati keskin yomonlashgan holatlarda maxsus choralar joriy etiladi. Prezident farmoniga ko‘ra, bunday vaziyatlarda davlat tashkilotlari ish rejimini o‘zgartirishi yoki xodimlarni masofaviy ishga o‘tkazishi mumkin.

Bir oy ichida aholini tezkor ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilib, SMS, OAV va raqamli platformalar orqali havo sifati haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, ochiq havoda bo‘lishni cheklash, ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor shaxslarni uyda qolishga chaqirish, maktablarda ochiq darslarni bekor qilish hamda ommaviy tadbirlarni cheklash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, sanoat va transport chiqindilarini kamaytirish, qurilish ishlarini vaqtincha cheklash kabi choralar ham belgilangan. 2026-yil 1-maydan boshlab har oyda “Avtomobilsiz kun” aksiyalari o‘tkaziladi, ayrim hududlarda esa chang bo‘ronlariga qarshi “yashil devor”lar barpo etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News