
- 12
- 02.10.2026 15:54:00
- 1 min read
Milliarder Ilon Mask AQSH hukumatiga rasmiy maslahatchi sifatida qaytmoqda. U Pentagonning kelajakdagi urushlarni o‘rganishga qaratilgan “Meridian” loyihasiga hamrahbarlik qiladi.
Loyihaga Mask bilan birga Anduril kompaniyasi asoschisi Palmer Laki va AQSH Vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich ham rahbarlik qiladi.
Pentagon rahbari Pit Hegsetning aytishicha, loyiha AQSHga kelajakdagi urushlarda zarur bo‘ladigan texnologiyalar va imkoniyatlarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari 120 kun ichida taqdim etilishi kerak.
Mask 2025-yilda Donald Tramp bilan kelishmovchilikdan so‘ng Hukumat samaradorligi departamentidagi (DOGE) faoliyatini tark etgan edi. Keyinchalik ular yana aloqalarni tiklagan.