
- 0
- 09.02.2026 15:34:00
- 1 min read
Ilon Mask Oy va Marsda shaharlar barpo etish rejalari borligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, yaqin o‘n yilliklarda Oyda aholi punkti qurilishi ko‘zda tutilgan va SpaceX bu yo‘nalishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Kompaniya 5–7 yil ichida Marsda shahar qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda. Maskning ta’kidlashicha, Marsga parvozlar har 26 oyda bir marta amalga oshiriladi va safar taxminan olti oy davom etadi. Oyga parvozlar esa har o‘n kunda bir marta bo‘lib, ikki sutkaga yaqin vaqt oladi, bu esa qurilish jarayonini tezlashtiradi. Mask Marsda to‘liq shahar barpo etish uchun 20 yildan ortiq vaqt kerak bo‘lishini aytdi. Shu bilan birga, NASA “Artemida” dasturi doirasida 2026-yil mart oyida odamlarni Oyga yuborishni rejalashtirmoqda.