
- 2
- 24.11.2025 13:54:00
- 1 min read
Ilon Mask yana trend markazida! Tesla kompaniyasi ishlab chiqayotgan Optimus nomli odamga o‘xshash robotlar endi nafaqat laboratoriyada, balki turli kasblarda ham sinovdan o‘tayotgandek ko‘rinmoqda. Mask o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni ulashdi.
Videoda Optimus robotlari: quruvchi, shifokor, politsiyachi, oshpaz va hatto poker o‘yinchisi sifatida ham tasvirlangan.
Mask bu safar hech qanday izoh qoldirmadi, ammo video texnologiya ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki bu tasvirlar kelajakda robotlarning jamiyatdagi o‘rni qanday bo‘lishi mumkinligi haqida turli savollarni tug‘dirmoqda.