Ilon Mask boyligi 800 milliard dollardan oshgan ilk inson bo‘ldi

Ilon Mask boyligi 800 milliard dollardan oshgan ilk inson bo‘ldi
  • 1
  • 04.02.2026 14:30:00
  • 1 min read

Forbes’ga ko‘ra, Ilon Mask dunyoda boyligi 800 milliard dollardan oshgan birinchi odamga aylandi. Bunga uning SpaceX va xAI kompaniyalari birlashuvi sabab bo‘ldi. Ushbu kelishuv Mask boyligini 84 mlrd dollarga oshirib, umumiy kapitalini 852 mlrd dollarga yetkazdi. Birlashuvdan so‘ng SpaceX 1 trillion dollar, xAI esa 250 milliard dollarga baholandi. Maskning yangi tuzilmadagi ulushi 43% bo‘lib, qiymati 542 mlrd dollarni tashkil etadi. Shuningdek, u Tesla’da yirik ulushlarga ega.
So‘nggi to‘rt oy ichida Mask ketma-ket yirik marralarni zabt etdi. Uning boyligi oktabrda 500 mlrd, dekabrda 600 mlrd, oradan ko‘p o‘tmay 700 mlrd, hozirda esa 800 mlrd dollardan oshdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News