Surxondaryoda 1,9 milliard so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Surxondaryoda 1,9 milliard so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
  • 5
  • 16.06.2026 12:54:00
  • 1 min read

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Sh. M.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari noqonuniy ravishda ulangan holda ishlatilib kelinayotgani aniqlangan. Natijada, mazkur qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 907 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News