Bir erkakni urib komaga tushirgan Akmal Shukurovning 8 yillik qamoq jazosi ozodlikni cheklashga almashtirildi

Bir erkakni urib komaga tushirgan Akmal Shukurovning 8 yillik qamoq jazosi ozodlikni cheklashga almashtirildi
  • 0
  • 18.12.2025 16:05:00
  • 1 min read

Toshkentdagi mehmonxona oldida Boris Avakyanni bir urib, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurov apellyatsiya sudi qarori bilan qamoqdan ozod etildi. Birinchi instansiya sudi Shukurovni Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bilan aybli deb topib, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilgandi. Biroq Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi jazoni qayta ko‘rib chiqib, uni ozodlikni cheklash jazosiga almashtirdi va sud zalining o‘zidayoq qamoqdan ozod qildi. Sud jazoni yengillashtirishga sabab sifatida aybiga qisman iqrorlik, pushaymonlik, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi va yetkazilgan moddiy zararning qoplanishini ko‘rsatgan. Firibgarlik bo‘yicha zarar to‘liq qoplangan, bezorilik va tan jarohati yetkazish holatlarida ham jabrlanuvchilar da’vo bildirmagan. Avvalroq Toshkentdagi mehmonxona oldidagi mushtlashuvda og‘ir jarohat olgan Boris Avakyan komadan chiqqani haqida xabar bergandik.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News