
- 0
- 10.01.2026 10:22:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabat ko‘rsatilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, natijada qo‘pollikka yo‘l qo‘ygan tarbiyachilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, bolalar ombudsmani va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida ota-onalar hamda tarbiyachilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.