
- 0
- 04.04.2026 16:34:00
- 1 min read
3-aprel kuni Afg‘oniston shimoli va Pokiston g‘arbida yuz bergan 5,9 magnitudali zilzila oqibatida Kobul shahrida sakkiz kishi halok bo‘ldi, bir bola jarohatlandi. Zilzila o‘chog‘i Hindukush tog‘ tizmasida, Qunduz shahridan 150 km sharqda joylashgan.
Tabiiy ofat Afg‘onistonning ko‘p hududlarida, shuningdek, O‘zbekiston, Pokiston va Hindistonning ayrim qismlarida ham sezildi. Hozir mamlakat bo‘ylab favqulodda xizmatlar shay holatga keltirilgan.