
- 0
- 08.04.2026 14:38:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishida bir oy ichida har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari rahbarlariga sport federatsiyasi bilan shartnoma tuzish majburiyatini yukladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, federatsiyalar sport shifokori, farmokolog, dietologlarni yuqori maosh to‘lab chetdan olib kelishga majbur bo‘lyapti. Masalan, Parij-2024 olimpiadasiga tayyorgarlik vaqtida 50 yaqin sportchilarning jarrohlik amaliyoti uchun Turkiya, Rossiya va Germaniyadan shifokorlar jalb qilingan. Endilikda, barcha ixtisoslashgan tibbiyot markazida 5-10 tadan faqat sportchilar uchun koykalar ajratiladi. Shuningdek, sport federatsiyalarida tibbiyot bilan ishlashda mas’ul xodim tayinlanadi. Ushbu mas’ul shaxs har oyda terma jamoa a’zolarini sog‘ligini tekshirib, jarohat olish xavfini baholaydi. Sportchini jismoniy yuklanmasini ilmiy tahlil qilib mutabbiylarga tibbiy tavsiyalar beradi. Prezident tomonidan Xudayorov Ikrom Sharipovga yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot universiteti sport diatologiyasi, fiziologiyasi va psixologiya bo‘yicha hamda farmasevtika universiteti sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis tayinlash vazifasi yuklatildi. Olimpiya shaharchasidagi sport tibbiy ilmiy markazi talabalar uchun amaliyot bazasiga aylanishi belgilandi. Hozirda Toshkent, Andijon, Buxoro va Samarqanddagi tibbiyot oliygohlarida sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.