
- 0
- 30.03.2026 15:04:00
- 1 min read
30 – mart kuni vodiy yo‘nalishida qatnaydigan bir qator yo‘lovchi poezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi. ‘‘O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ushbu cheklovlar Angren – Pop temiryo‘l liniyasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, quyidagi yo‘nalishlarda poyezd qatnovi bekor qilingan:
-733 – sonli ‘‘Andijon – Toshkent”
-730/729 – sonli ‘‘Toshkent – Andijon – Toshkent”
- 92 – sonli ‘‘Toshkent – Andijon”
- 94 – sonli ‘‘Toshkent – Andijon”
Bundan tashqari, ayrim reyslar o‘zgartirilgan tartibda harakatlanmoqda. Jumladan, 125/126 – sonli ‘‘Andijon – Xiva” poyezdi Toshkent Janubiy vokzalidan Xiva yo‘nalishida jadval asosida qatnamoqda. Shuningdek, 129/130 – sonli ‘‘Andijon – Termez” poyezdi ham Toshkent Janubiy bekatidan harakatini davom ettirmoqda. Mutasaddilar ushu ta’mirlash ishlari tog‘li hududdan o‘tuvchi Angren – Pop uchastkasida poyezdlar harakatini yanada xavfsiz va tezkor qilishga xizmat qilishini ta’kidlashdi. Kompaniya yo‘lovchilarga yuzaga kelgan noqulayliklar uchun to‘langan mablag‘lar to‘liq qaytarilishini ma’lum qildi.