Durov undan farzand ko‘rishni istagan ayollar uchun EKO xarajatlarini to‘laydi

Durov undan farzand ko‘rishni istagan ayollar uchun EKO xarajatlarini to‘laydi
  • 0
  • 24.12.2025 14:41:00
  • 1 min read

Telegram asoschisi Pavel Durov undan farzand ko‘rishni xohlaydigan ayollar uchun sun’iy urug‘lantirish (EKO) jarayonini moliyalashtirib berishini ma’lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur Moskvadagi klinikalardan biri bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan. Shartlarga binoan, ayollar 37 yoshdan oshmagan, shuningdek turmushga chiqmagan bo‘lishi kerak. Avvalroq Durov o‘zining barcha farzandlari, jumladan donorlik orqali tug‘ilgan bolalari ham meros bo‘yicha teng huquqqa ega bo‘lishini aytgan. 2024 yil iyulida u o‘zini 100 dan ortiq bolaning biologik otasi ekanini ma’lum qilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News