O‘zbekistonda o‘quvchilar va talabalar uchun narkotik testlar joriy etiladi

O‘zbekistonda o‘quvchilar va talabalar uchun narkotik testlar joriy etiladi
  • 1
  • 21.04.2026 16:11:00
  • 1 min read

Endilikda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va talabalar orasida narkotik moddalardan foydalanilganini aniqlash uchun maxsus testlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Dori vositalari xavfsizligi markazi hamda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi rahbari Ismatjon Azizov ma’lum qilgan. Uning aytishicha, tekshiruvlar mahalliy ishlab chiqarilgan tezkor testlar orqali amalga oshiriladi. Yangi testlar oddiy “poloska” ko‘rinishida bo‘lib, so‘lak orqali atigi bir necha soniyada natija beradi. Hozirda bunday testlar 16 turdagi narkotik moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan. Shuningdek, yanada rivojlangan laboratoriya usullari ham ishlab chiqilmoqda. Jumladan, soch tolasi orqali tekshiruv o‘tkazish imkonini beruvchi qurilmalar ustida ish olib borilmoqda. Bu usul yordamida insonning oxirgi 3–6 oy davomida narkotik iste’mol qilgan-qilmaganini aniqlash, hatto organizmdagi miqdorini baholash mumkin bo‘ladi. Ayni paytda ushbu qurilmalar Sog‘liqni saqlash vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Sinov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgach, iyun oyidan ularni ommaviy ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda. Yangi testlarni esa sentabr oyidan boshlab maktab va oliy ta’lim muassasalarida keng qo‘llash rejalashtirilgan. Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News