
- 0
- 20.01.2026 13:26:00
- 1 min read
Chimkentda haydovchilik guvohnomasi olish uchun amaliy imtihon topshirayotgan qiz mashinani boshqara olmay, avtomobilini ag‘darib yubordi. Hodisa 19-yanvar kuni “Asar-2” mikrorayonidagi markaziy xizmat ko‘rsatish ofisining yopiq avtodromida sodir bo‘ldi. Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Chimkent politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, holat yopiq hududda sodir bo‘lgan va hech kim jarohat olmagan.