Qizg‘aldoqlarni bosib, yanchib tashlagan haydovchilar jarimaga tortildi

Qizg‘aldoqlarni bosib, yanchib tashlagan haydovchilar jarimaga tortildi
  • 0
  • 18.04.2026 18:25:00
  • 1 min read

Avvalroq Qashqadaryoda bir guruh erkaklar lolazorni mashinada bosib, zarar yetkazgani haqida xabar bergan edik. Holat Viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, haydovchilarning avtomobillari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 6 mln 592 ming so‘m zarar yetkazilgan. Shu sabab, huquqbuzarlarning har biriga 20 mln 600 ming so‘mdan, jami 61 mln 800 ming so‘m jarima tayinlanib, ular yetkazilgan zararni to‘liq qoplashi belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News