Xitoyda haydovchisiz yuk mashina ishlab chiqarildi

Xitoyda haydovchisiz yuk mashina ishlab chiqarildi
  • 2
  • 12.10.2026 11:15:00
  • 1 min read

Xitoyda haydovchi kabinasiga ega bo‘lmagan noodatiy elektr yuk tashuvchi transport vositasi ko‘zga tashlandi. Unda rul, pedal va haydovchi o‘rindig‘i bo‘lmagani uchun joyning katta qismi yuk, akkumulyator va sensorlar uchun ajratilishi mumkin.

Bunday transport vositalarida kameralar, radar va LiDAR kabi texnologiyalar atrof-muhitni kuzatishda, elektron boshqaruv tizimlari esa harakatni nazorat qilishda qo‘llanadi.

Xitoyda bunday texnologiyalar logistika, portlar va konchilik sohalari uchun ishlab chiqilmoqda. Videodagi modelning aniq nomi esa hozircha ma’lum emas.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News