PPX xodimiga musht tushirgan haydovchi uzr so‘radi

PPX xodimiga musht tushirgan haydovchi uzr so‘radi
  • 0
  • 06.04.2026 11:33:00
  • 1 min read

Avvalroq Toshkentda mast holatda yo‘l-transport hodisasi sodir etib, PPX xodimiga qo‘l ko‘targan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va uning IIBdagi akasi ham ushbu ish ortidan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi. Haydovchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, barchadan kechirim so‘radi. U spirtli ichimlik ta’sirida o‘zini nazorat qila olmaganini va bu hol boshqa takrorlanmasligini aytdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, haydovchi hibsda. Tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News