DXX kubogi Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

DXX kubogi Respublika bosqichiga qur’a tashlandi
  • 10
  • 17.08.2026 16:13:00
  • 1 min read

Toshkentda Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining Respublika bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa joriy yilda oltinchi bor O‘zbekistonning barcha tuman, shahar va viloyatlarida yosh o‘g‘il-qizlar o‘rtasida futbol hamda mini-futbol yo‘nalishlarida tashkil etilmoqda. Musobaqalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida uch bosqichda o‘tkazilib, o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bahslarida ishtirok etmoqda.

Bugun o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimida ishtirokchi jamoalar vakillari, tashkilotchilar va futbol mutasaddilari qatnashdi. Tadbir davomida Respublika bosqichida maydonga tushadigan jamoalarning guruhlari hamda uchrashuvlar taqvimi aniqlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Respublika bosqichi o‘yinlari 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi esa 22-avgust kuni Toshkentdagi “JAR” stadionida tashkil etiladi.

DXX kubogi yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News