Qiyomat soati 4 soniyaga oldinga surildi: yadro yarim tuniga rekord darajada yaqinlashdi

Qiyomat soati 4 soniyaga oldinga surildi: yadro yarim tuniga rekord darajada yaqinlashdi
  • 4
  • 28.01.2026 08:59:00
  • 1 min read

Yadro halokati xavfini ramziy ifodalovchi Qiyomat soati 28-yanvar kuni 4 soniyaga oldinga surildi. Endilikda “yadroviy yarim tun”ga atigi 85 soniya qoldi — bu soat tarixidagi eng xavfli ko‘rsatkich.
“Atomchi olimlar byulleteni” rahbari Aleksandra Bellga ko‘ra, bu holat dunyo global falokatga rekord darajada yaqinlashganini anglatadi. Qarorga Rossiya, AQSh va Xitoyning keskin siyosati, yadro qurollarini nazorat qilishning susayishi, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar hamda sun’iy intellekt bilan bog‘liq xavotirlar sabab bo‘lgan.

Qiyomat soati ilk bor 1947-yilda joriy etilgan. Yarim tun yadro falokatini anglatadi. So‘nggi yillarda soat faqat oldinga siljimoqda. 2023-yilda yarim tungacha 90 soniya qolgan edi. 2024-yilda ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qoldi. 2025-yilda vaqt 89 soniyani tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilda u 85 soniyaga qisqardi. Olimlar ta’kidlashicha, global xavflarni kamaytirish uchun yadro qurollari, iqlim o‘zgarishi va xavfli texnologiyalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News