
- 0
- 15.04.2026 17:32:00
- 1 min read
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston davlat drama teatri ma’lum qildi.
Dono Boboxonova 1946-yil 20-noyabrda Qozog‘istonda tug‘ilgan. U Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, teatr faoliyatini “Yosh gvardiyachilar” teatrida boshlagan. 1996-yilda u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan.
Aktrisa teatr va kino sohasida bir qator unutilmas obrazlarni yaratgan.