Ebola virusi O‘zbekistonga xavf tug‘diradimi? Sanepidqo‘m izoh berdi

Ebola virusi O‘zbekistonga xavf tug‘diradimi? Sanepidqo‘m izoh berdi
  • 5
  • 02.06.2026 18:49:00
  • 1 min read

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida tarqalayotgan Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavfi past baholanmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Ebola og‘ir infeksion kasallik bo‘lib, asosan kasallangan hayvonlar yoki bemorlarning tana suyuqliklari orqali yuqadi. Kasallik ko‘proq Afrika qit’asida uchraydi.
JSST ham Ebola pandemiya darajasiga chiqish ehtimoli past ekanini bildirgan. O‘zbekistonda esa epidemiologik vaziyat barqaror ekani qayd etilgan.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, virusning kirib kelishining oldini olish uchun chegara punktlarida nazorat kuchaytirilgan va fuqarolar tibbiy kuzatuvdan o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarga Ebola tarqalgan hududlarga sayohat qilmaslik, gigiyena qoidalariga rioya qilish va kasallik belgilari paydo bo‘lsa darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News