
- 13
- 08.10.2026 16:27:00
- 1 min read
Rossiyada 2 yoshli qizcha 250 ta magnit sharchani yutib yubordi. Shifokorlar uni operatsiyasiz qutqarib qoldi.
Qizcha ota-onasi tomonidan kuchli yo‘tal sabab shifoxonaga olib kelingan. Tekshiruvda uning oshqozonida ko‘plab begona jismlar borligi aniqlangan. Shifokorlar magnitlar ichak devorlarini bir-biriga tortib, teshilish va jiddiy yallig‘lanishga olib kelishi mumkinligini inobatga olib, zudlik bilan muolajaga kirishgan. Avval ichaklar maxsus kamera yordamida tekshirilgan va zararlanmagani aniqlangan. Shundan so‘ng endoskopik usulda qizilo‘ngach orqali oshqozondagi 250 ta magnitning barchasi chiqarib olingan.
Hozir qizchaning ahvoli yaxshi. U tez orada shifoxonadan chiqarilishi kutilmoqda.