Hindistonda shifokor bemorni kaltakladi

Hindistonda shifokor bemorni kaltakladi
  • 0
  • 23.12.2025 15:19:00
  • 1 min read

Shifokorlar aslida bemorni davolashi kerak lekin bu videoda uning mutlaq aksini ko‘rasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda shifokor bemorni ayovsiz urayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda bemor bilan navbatchi shifokor o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv qisqa vaqt ichida zo‘ravonlikka aylangan. Guvohlarning aytishicha, yotoqda yotgan bemor shifokor tomonidan tepki va shapaloqlar bilan kaltaklangan. Hujum bir necha daqiqa davom etgan. Kadrlarda shifokorning shifoxona xonasida bemorga bir necha bor zarba bergani aniq ko‘rinadi. Holat bo‘yicha tekshiruv boshlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News