
- 1
- 25.10.2025 10:52:00
- 1 min read
Hindistonda Divali bayrami munosabati bilan qo‘lbola tayyorlangan kimyoviy o‘yinchoqlarni o‘ynagan bolalar orasida ko‘z jarohatlari ko‘paydi. So‘nggi uch kun ichida 120 dan ortiq bola ko‘z shikastlanishi bilan shifoxonalarga yotqizilgan, ulardan 14 nafari butunlay ko‘r bo‘lib qolgan. Mutaxassislarning aytishicha, bu o‘yinchoqlar aslida xavfli portlovchi moslamalardir. Ular plastik yoki temir trubalardan tayyorlanib, ichiga kalsiy karbid va suv aralashtiriladi. Aralashma portlovchi reaksiya hosil qilib, bolalarga jiddiy jarohatlar yetkazmoqda. Narxi atigi 150–200 rupiy (taxminan 2–2,5 AQSh dollari) bo‘lgan ushbu o‘yinchoqlar xavfsizlik nuqtai nazaridan mutlaqo taqiqlanishi kerakligi ta’kidlanmoqda.