- 1
- 22.10.2025 12:46:00
- 1 min read
Hindiston poytaxti Dehlida Divali bayramidan keyin havo sifati keskin yomonlashdi. 21-oktabr kuni ertalab shaharda havo sifati indeksi (AQI) 1000 dan oshib ketgan. Mushakbozlik, mavsumiy tutun va salqin ob-havo natijasida shaharda zaharli tuman hosil bo‘lib, ko‘rish masofasi kamaygan. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim hududlarda ifloslik darajasi 1300 ga, PM2.5 zarrachalari esa 1800 mikrogramm/metr kubgacha yetgan — bu JSST me’yoridan 120 baravar yuqori. Dehlidagi 38 ta havo kuzatuv stansiyasidan 36 tasi “qizil zona”da. Bu daraja sog‘lom odamlar uchun ham xavfli bo‘lib, yo‘tal, tomoq achishishi va nafas qisishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar Dehli aholisi havo iflosligi sabab o‘rtacha 12 yil umr yo‘qotayotganini ta’kidlashmoqda.