
- 0
- 24.10.2025 12:14:00
- 1 min read
Qoraqalpog‘istonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida bundan 70 million yil avval yashagan deb taxmin qilinayotgan dinozavr suyaklari topildi.
Mazkur kashfiyot Berdah nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti olimlari hamda O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi mutaxassislari hamkorligida amalga oshirilgan.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, topilmalar orasida dinozavrning umurtqa suyaklari, oyoq suyaklari va boshqa skelet bo‘laklari mavjud. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu qoldiqlar mezozoy erasining oxirgi bosqichida, ya’ni 70 million yil avval yashagan yirik o‘txo‘r dinozavr turiga mansub bo‘lishi mumkin.
Suyaklarning aniq turi va biologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida ular xalqaro ekspertlar ishtirokida maxsus laboratoriyalarda o‘rganilmoqda.
Tadqiqotlar yakunlangach, noyob topilmalar O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi fondiga topshirilib, keng jamoatchilikka namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Bu kashfiyot mamlakat hududida qadimda dinozavrlar yashaganini yana bir bor tasdiqlaydi va O‘zbekistonning geologik tarixini chuqurroq o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.