
- 1
- 23.04.2026 11:31:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Gollivudning mashhur aktrisasi Enn Xeteuey Islomni qabul qilgani haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Bunga uning “People” jurnaliga bergan intervyusida arabcha “Inshallah” so‘zini ishlatgani sabab bo‘lgan.
Intervyuda u kelajak haqidagi fikrlarini bildirib, “Men uzoq va sog‘lom umr ko‘rishni istayman, inshallah” degan. Bu video internetda tez tarqalib, ayrim foydalanuvchilar aktrisaning Islomni qabul qilganini taxmin qilishgan va ijobiy izohlar yozishgan. Biroq bu so‘zning ishlatilishi uning dinini o‘zgartirganini anglatmaydi. “Inshallah” arab tilida “Xudo xohlasa” degan ma’noni bildiradi va turli madaniyatlarda ham keng qo‘llaniladi.
Shuningdek, Londondagi “Qattiqqo‘l xonim 2” filmining premyerasida muxlislardan biri unga Qur’on nusxasini sovg‘a qilgani va u buni hurmat bilan qabul qilgani ham e’tiborni tortdi.