
- 0
- 22.01.2026 13:53:00
- 1 min read
21-yanvar kuni Donald Tramp Shveysariyaning Davos shahrida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida o‘zini diktator deb atadi. Trampning aytishicha, dunyoga diktatorlar kerak bo‘ladi. U prezidentlik faoliyatining ilk kunida “o‘zingizni diktator deb hisoblaysizmi?” degan savolga Tramp bunday ta’rifni qabul qilmasligini aytgandi. AQSHning 50 shtatidan 5025 nafar voyaga yetgan shaxs ishtirok etgan onlayn so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampni “xavfli diktator” deb hisoblaydi.