“Shayton-trusiklar”: Toshkentdagi kiyim-kechak do‘koni ahloqsiz reklamasi tufayli sudga berildi

“Shayton-trusiklar”: Toshkentdagi kiyim-kechak do‘koni ahloqsiz reklamasi tufayli sudga berildi
  • 0
  • 05.02.2026 09:53:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda “Shayton trusiklar”ni reklama qilib tanilgan kiyim-kechak do‘konining “qaynona uchun shayton trusiklar” haqida joylagan reklama roligi axloq va ma’naviyat me’yorlariga zid deb topildi. Reklama roliklari foydalanuvchilar orasida turlicha munosabat uyg‘otdi: ba’zilari buni hazil va e’tiborni jalb qilish usuli deb baholagan bo‘lsa, boshqalar axloq me’yorlarini buzadi, deb hisoblagan. Shu sababli, Raqobat qo‘mitasi reklama mazmunini o‘rganib, do‘kon egasiga ma’muriy bayonnoma tuzdi va materiallarni sudga taqdim qildi.
Qonunchilikka ko‘ra, reklamada milliy va oilaviy qadriyatlarga, axloq va ma’naviyat normalariga zid tasvirlar va iboralardan foydalanish taqiqlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News